Evro-2020 saralashining top-5 to‘purarlari bilan tanishing!

  • 18 noyabr, 2019, 00:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evro-2020 saralash bosqichida Angliya Kosovoni 4:0 hisobida mag‘lub etdi va mezbonlar hujumchisi Xarri Keyn uchrashuvning 79-daqiqasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Bu, Keynning saralash bosqichidagi 12-goli bo‘ldi. Keyin Isroil termasi hujumchisi Eran Zaxavi va Portugaliya forvardi Krishtianu Ronaldu (har ikkisida 11tadan gol) ni ortda qoldirib, yakka peshqadamga aylanib oldi.

Oldinda, Isroil termasining Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahsi bor. Shu tufayli, Zaxavida Keynni ortda qoldirish imkoniyati bor.

Evro-2020 saralash bosqichining to‘purarlar ro‘yxati:

1) Xarri Keyn (Angliya) - 8 ta o‘yin, 12 ta gol va 5 ta assistlik

2) Eran Zaxavi (Isroil) - 9 ta o‘yin, 11 ta gol va 1 ta assistlik

2) Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 8 ta o‘yin, 11 ta gol

4) Aleksandr Mitrovich (Serbiya) - 8ta o‘yin, 10 ta gol

5) Artyom Dzyuba (Rossiya) - 9 ta o‘yin, 9 ta gol va 5 ta assistlik

5) Temu Pukki (Finlyandiya) - 9 ta o‘yin, 9 ta gol

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!