Ertaga 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi o‘ynaydigan chempionat start oladi. Bu ligani evropaliklar ham tomosha qilishadi

CHERY AUTO

Juma kunidan e’tiboran Janubiy Koreya K Ligasida yangi mavsum boshlanadi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida faqat Belarus chempionatini kuzatishdan charchaganlar  bu borada yana bir raqobatchi chempionat uchrashuvlariga guvoh bo‘lishadi. Mazkur liganing biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, unda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan to‘rt nafar futbolchi faoliyat olib boradi, ammo bu haqida biroz keyinroq.

Tecno

37 yillik tarixi davomida K Liga hech qachon bu qadar katta e’tiborga ega bo‘lmagan. Yil boshida translyatsiya masalasida muammolarga uchragan liga rahbariyati bugun Xitoydan tortib Xorvatiyaga qadar bo‘lgan o‘nlab mamlakatlarga translyatsiya huquqini sotmoqda.

“Bugungi kunda jonli futbol o‘yinlari kam. Bu esa Osiyodagi chempionatni jahonga namoyish etishning ayni qulay imkoniyati. Umid qilamizki, bizning chempionatni tomosha qilayotgan muxlislar koronavirus haqida unitishadi”, – dedi K Liga prezidenti Kvon O-Gep.

Aslini olganda, ushbu  chempionat 29 fevral kuni mamlakatning amaldagi chempioni “Chonbuk Motors” va kubok sohibi “Suvon Blyuvings” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan  boshlanishi kerak edi. Ammo, o‘sha kuni Janubiy  Koreyada koronavirus bilan bog‘liq 909 ta holat qayd etilgan bo‘lib, shu kuni bemorlarning kunlik soni bo‘yicha rekord o‘rnatilgan. Aprel oyi o‘rtalaridan esa kunlik bu ko‘rsatkich bir xonali songa qadar qisqardi. 4 mayda esa 0 ga teng bo‘ldi.

5542

“Ligani boshlash jarayonida biz tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan maslahatlashdik. Ularning fikriga ko‘ra, so‘nggi ikki  hafta davomida infektsiya yuqtirib olganlarning yoshi 30  dan kichik bo‘lgan taqdirda, biz bu haqida o‘ylashimiz mumkin bo‘lardi”, – dedi Kvon.

Fevraldan  mayga qadar bo‘lgan muddatda juda katta ishlar amalga oshirildi. 1100 dan ziyod futbolchi va hodimlar o‘tgan hafta test topshirishdi va 6 soatdan so‘ng  barcha natijalar manfiy ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Futbol boshqa sektorlarning pulini jalb qilmoqda degan havotir yo‘q. Qattiq nazroat natijasida o‘limlar soni 252 tagacha kamaydi. 15 aprelda esa 44 mln saylovchining 66 foizi qatnashgan umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi.

Ammo qisqartirishlar mavjud. 12 jamoasi bor liga o‘yinlar sonini 38 tadan 27 taga qadar qisartirdi. Muntazam chempionat esa 22 tur bo‘ladi.

“Virus yuqishi kamaydi, ammo to‘xtamadi. Agarda, mavsum davomida qaysidir futbolchi  yoki klub hodimida koronavirus infektsiyasi aniqlansa, ikki haftaga o‘zi va raqib jamoa o‘yinlari to‘xtatiladi.

Boshqa ligalar ham aloqa chiqdi. Ular bizning bosqichma-bosqich amalga oshrgan ishlarimiz bilan tanishishdi. Biz ular bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz”, – dedi liga prezidenti.

Uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkaziladi. Intervyular esa qorong‘u yo‘laklarda emas, maydonda olinadi. Jurnalistlar esa 2 metr narida turishadi. Qo‘l berib salomlashish yo‘q. Murabbiylar o‘z ko‘rsatmalarini niqob taqqan holda amalga oshirishadi.

“Futbolchilarning tupirishi, burun qoqishi  va yaqin masofada gaplashishi qat’iyan ma’n etilgan. Bunday holat qayd etilsa, ular hakam tomonidan ogohlantirish oladilar. Buday futbolchilar uchun sanksiyalarni esa liga rahbariyati aniqlaydi.

Bizning asosiy maqsadimiz chempionatni yakunlash. Qolgan barchasi – translyatsiya, e’tibor bonusdir”, – dedi K Liga jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimi Vu Cheung-Sik.

a1a3468e84cac23e397daa89645608ad

Ushbu chempionatda 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p tepishi haqida aytib o‘tgan edik. O‘tgan mavsum “Seul” tarkibida to‘p tepgan Ikrom Aliboev bu yil ham poytaxtliklar sharafini himoya qiladi.  Dostonbek Tursunov esa bu mavsumdan elitaga qaytgan “Pusan Ay Park” safiga kelib qo‘shilgan.

Jamshid Iskanderov esa bir vaqtlar porlagan “Seongnam” jamoasi safida faoliyat olib boradi. K2 Ligadan jamoasini elitaga olib chiqishda katta hissa qo‘shgan Rustamjon Ashurmatov bu yil ham o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Gvangyu” sharafini himoya qiladi.

K Liga. 1-tur

8 may, juma

15:00 “Chonbuk Motors” – “Suvon Blyuings”

9 may, shanba

10:00 “Ulsan” – “Sangju Sanmu”

12:30 “Inchxon Yunayted” – Tegu”

15:00 Gvangyu” – “Seognam”

10 may, yakshanba

10:00 “Poxang Stilers” – “Pusan Ay Park”

12:30 “Kanvon” – “Seul”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!