Eron bilan to‘qnashuv oldidan Fayzullaevga qanday baho berishdi?

  • 23 mart, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev nafaqat o‘zi o‘ynayotgan TsSKAda, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham muhim figuraga aylanib bormoqda.

Tecno

21 yoshli hujumkor futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri doirasida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qahramonlaridan biri bo‘ldi.

Abbos futbolchilarimiz g‘alaba keltirgan yagona golni urgan vaziyatdi uch nafar himoyachi orasida turganiga qaramay, to‘pni gol muallifi Hojiakbar Alijonovga aniq va qulay etkazib berdi va o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An Rossiya nashrlariga bergan interyusida O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqish imkoniyati va shogirdining o‘yinini quyidagicha baholadi.

- Saralash turniridagi navbatdagi g‘alabadan keyin O‘zbekistonning mundialga chiqish imkoniyati oshdi. Hamma futbolchilarimizning birinchi tarixiy jahon chempionatiga chiqishini kutmoqda.

25 mart kuni Eron bilan o‘yin bor va biz terma jamoamizga muxlislik qilamiz.

Oson bo‘lmasligi aniq, lekin yigitlarimiz hozir jangovar kayfiyatda. Safardan quruq qaytmasliklari kerak, hech bo‘lmaganda bir ochko ham super natija bo‘ladi.

O‘zbekistonda futbol yanada ommalashdi, stadionlar to‘lyapti. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda kuchli. Jahon chempionatiga chiqishga umid qilamiz.

Hozir O‘zbekiston terma jamoasiga Abbos Fayzullaevdek yorqin va kreativ o‘yinchi kerak. U golli pas uzatishga ham, o‘zi to‘p kiritishga ham qodir.

Zamonaviy futbolda hamma raqiblar ham himoyalanishni o‘rganib olgan. Qirg‘iziston bilan uchrashuvda Abbos juda ko‘p to‘p uzatishni amalga oshirdi, biroq ulardan faqat bittasidan foydalanishdi xolos. Shogirdim golli pas berganidan juda xursand bo‘ldim.

Hozir Fayzullaev terma jamoaning muhim o‘yinchilaridan va bundan keyin ham shu taqlid davom etadi. Eng muhimi, Abbos arablarga qarshi bo‘ladigan keyingi bellashuvda ham ishtirok etish uchun Eron bilan o‘yinda sariq kartochka olmasligi kerak. Bu bahs oldidan O‘zbekistonning ko‘p o‘yinchilarida bittadan ogohlantirish bor, - dedi Dmitriy An.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hujumkor futbolchimiz hozirga qadar 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va ikkata assit qayd etgan.

Fayzullaev xalqaro miqyosdagi bellashuvlarda Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Tailand, Shimoliy Koreya darvozalariga bittadan, Qatar bilan bo‘lgan bellashuvda ikkita gol urgan.

 

Italiyada Shomurodov va Bahodir Jalolovning kutilmagan uchrashuviga qanday munosabat bildirishdi?

Legionerimiz fanatlar e’tiroziga yana javob berdi

Husanovni 16 yoshida kim tanirdi, biz 16 yoshli futbolchini “Chelsi”ga transfer qildik!

 

Legionerimiz – “Real”ga gol urib ham ishsiz qolish mumkin...

Husanovga yaxshi yangiliklar...

Shomurodov Raneridan muhim xabar kutyapti!

Shomurodov aybini yuvishga tayyor!

Gvardiola Husanovdan nimalar kutyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!