
Eron - O‘zbekiston: O‘zaro uchrashuvlar tarixi bilan tanishing
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining navbatdagi turida O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Eron bilan kuch sinashadi.
Ushbu bellashuvdan avval jamoalarning tarix bo‘yicha o‘zaro uchrashuvlarning natijasi bilan batafsil tanishing.
O‘zbekiston 0-0 Eron (05.09.2009) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 0-1 Eron (03.06.2012) - Jahon Chempionati saralashi
Eron 0-1 O‘zbekiston (14.11.2012) - Jahon Chempionati saralashi
O‘zbekiston 0-1 Eron (11.06.2015) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 0-1 Eron (06.10.2016) - Jahon Chempionati saralashi
Eron 2-0 O‘zbekiston (12.06.2017) - Jahon Chempionati saralashi
Eron 1-0 O‘zbekiston (19.05.2018) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 0-1 Eron (11.09.2018) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 1-2 Eron (08.10.2020) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 0-1 Eron (20.06.2023) - O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 2-2 Eron (21.11.2023) - Jahon Chempionati saralashi
Eron 0-0 O‘zbekiston (11.06.2024) - Jahon Chempionati saralashi
O‘zbekiston 0-0 Eron (10.10.2024) - Jahon Chempionati saralashi
Tan olish kerak, vakillarimiz 13 ta bahsdan faqatgina bittasida zafar quchishni uddalashgan (0:1). Qolgan 12 bellashuvning 4 tasida jamoalar durangga imzo chekkan bo‘lsa, Eron 8 ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki klub o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuv 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar