Erik ten Xag o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2024, 10:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoani boshqarib kelayotgan niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassisni olib keladigan bo‘ldi.

Tecno

Erik ten Xagga sharoit yaratib berilganiga qaramay, bu mutaxassis jangovar jamoa tashkil qila olmayapti. “Manchester Yunayted”ning o‘yini ham, ko‘rsatkichlari ham klub xo‘jayinlari va muxlislarini qoniqtirayotgani yo‘q.

Daily Mail nashrining yozishicha, manchesterliklar jamoani ayni paytda “Brentford”ni boshqarayotgan Tomas Frankni olib kelmoqchi.

“Manchester Yunayted”ga bu mutaxassisning professional darajasi yuqoriligi ma’qul kelgan va o‘zaro kelishgan holda yangi loyihani hamkorlikda amalga oshirishga tayyor.

Shunga qaramay, klubning ayrim rahbarlari daniyalik mutaxassis ilgari top-klublar bilan ishlamagani uchun bu variantni ma’qullamayapti.

Tomas Frank “Brentford”ni 2018 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!