
Erik ten Xag: "Mourino gapiraveradi. Jamoa undan keyin ham titullar yutgan"
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag Joze Mourinoning jamoa haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
"U ketganidan keyin biz ichki sovrinlarni qo‘lga kiritdik. To‘g‘ri, evrokuboklarda g‘alaba qozona olmadik. Biroq, bu ham biz erishmoqchi bo‘lgan maqsadimiz. Joriy mavsumda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bizda ajoyib imkoniyat bor.
Mavsum endi boshlandi. Doimo o‘zimizga ishonamiz va nimalarga qodir ekanlishimizni ham juda yaxshi bilamiz. Ham APLda, ham Evropa ligasida zafar quchishn imkonsiz ish emas menimcha.
Jamoaviy to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz va o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizning bariga bosqichma-bosqich erishamiz", - dedi Erik ten Xag.
Fikrlar