Erik ten Xag: "Bizda yaxshi futbolchilar borligini bilaman"

  • 12 iyul, 2022, 23:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida manchesterliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur bahsdan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Bugun men baxtliman. Jamoa ajoyib jangovor ruh namoyish eta oldi. 

Pressingda bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Raqib vaziyatlar yaratdi. Ammo biz ham jim qarab turmadik. 

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Bizda yaxshi futbolchilar borligini bilaman. 

"Liverpul" uchta tarkibi bilan o‘ynadi. Bu ularning eng kuchli ko‘rinishi emasligini bilardik", - dedi niderlandiyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!