
Entso Mareska: "Palmer barcha muammolarimizni hal qilib bermaydi"
"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska Koul Palmer va yangi klubi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agar Palmer barcha muammolarimizni hal qiladi deb o‘ylasak, bu katta xato bo‘ladi. Biz barcha bosimni uning elkasiga o‘tkazib qo‘yamiz va bu noto‘g‘ri. Bizda yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilar etarlicha. Bu gap nafaqat Koul, balki butun jamoa haqida ketmoqda.
Men bu futbolchilar bilan joriy mavsum bo‘lmasa ham, keyingi mavsum albatta sovrinlar uchun kurashaman" deya ta’rif berib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, italiyalik murabbiy bu mavsum avvalida "aristokratlar"ning yangi bosh murabbiyi sifatida klubga taklif etildi. Bugun esa uni chempionatning peshqadami bo‘lgan "Liverpul"ga qarshi jiddiy sinov kutmoqda.
Fikrlar