
Enrike PSJ murabbiylik postiga kelish uchun asosiy nomzod
PSJ Luis Enrikeni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.
Kristof Galte boshchiligidagi frantsuz klubi joriy mavsum Liga 1da g‘olib chiqdi, ammo Chempionlar Ligasi va Fratsiya Kubogida natijaga erisha olmadi.
Murabbiy ushbu mavsum oralig‘ida PSJ bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.
Klubning qatarlik xo‘jayinlari va Luis Kampos Luis Enrikeni murabbiylik uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda. U bilan muzokaralar boshlandi.
Qayd etilishicha, bungacha Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ni boshqargan Enrike Joze Mourino (“Roma”) va Tiago Motta (“Bolonya”)dan yuqoriroq baholangan. Uning nomzodi klubdagi barchaga mos keladi.
Fikrlar