Enrike: "Bizdagi barqarorlik — PSJning asosiy ustunligi"

  • 6 may, 18:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga PSJ va "Arsenal" jamoalari Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida to‘qnash keladi. Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo‘ladigan bellashuv oldidan parijliklar murabbiyi Luis Enrike jamoasining ustun jihatlari haqida gapirdi. Birinchi o‘yinda frantsiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Tecno

— Yarim final oldidan bu haqda gapirgandik. Qurilish jarayonida birinchi yil — ishlash kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p bo‘ladigan yil. Ikkinchi yil esa o‘sish va o‘z imkoniyatlaringga ishonch yili hisoblanadi. Kelgusi yilda biz bundan ham yaxshiroq harakat qilishda davom etamiz.

Menimcha, jamoamizda biror chiziq boshqasidan ustun emas. Bu — katta yutuq. Biz hisob-kitob qilib o‘ynaydigan jamoa emasmiz. Biz har o‘yinda bitta aniq mexanizmga rioya qilishga harakat qilamiz. Bu oson emas, lekin fikr va printsiplar aniq bo‘lishi shart.

Ertangi o‘yin og‘ir bo‘ladi. Qog‘ozda oson ko‘rinmasligi mumkin, lekin biz ilk kundan qilgan ishimizni yana qaytarishga harakat qilamiz. Bizdagi sifatlar tufayli bu — ustunlik deb hisoblayman, — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!