
Engil atletika. Sadullaeva Budapesht Gran-prisida g‘alaba qozondi
Vengriya poytaxtida engil atletika bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi “Pápai Sportcentrum” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Safina Sadullaeva g‘alaba qozondi. Yurtdoshimizga ushbu turnirda oltin medalga ega chiqish uchun 1.90 metrlik natija kifoya qildi.
1) Safina Sadullaeva (O‘zbekiston) – 1.90
2) Katerina Tabashnik (Ukraina) – 1.86
3) Barbara Szabo (Vengriya) – 1.83
Fikrlar