"Enfild"dagi "jang" oldidan bosh murabbiylar o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi

  • 25 noyabr, 2020, 14:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

EChL guruh bosqichi 4-tur o‘yinlarining ikkinchi kun o‘yinlari taqvimidan "Liverpul" -"Atalanta" bahsi ham o‘rin olgan. Uchrashuv oldidan ikkala klub murabbiylari o‘yin oldi matbuot anjumani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Jan Pero Gasperini: "Biz kuchli raqibga qarshi maydonga chiqamiz, shunday o‘yin qiyin bo‘lishi tayin. "Liverpul" g‘ayrioddiy ishlarni amalga oshirmoqda. EChLda ishtirokning o‘zi "Atalanta" uchun katta yutuq. Albatta, g‘alaba qozonishni xohlaymiz, buning uchun bizda etarli salohiyatga egamiz".

Yurgen Klopp: "Oldinda qator bahslar kutib turibdi.  Hal qiluvchi o‘yinlarda borimizni berib o‘ynashga harakat qilamiz. Tarkibni o‘zgartirib turishga majburman. Tig‘iz grafik sabab rejalarimiz amalga oshmay qolishi mumkin".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!