Endi kriket bo‘yicha o‘zbekistonlik murabbiylar chet davlatlarda ham ishlay oladi

  • 14 mart, 2023, 13:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, joriy yilning 10 mart kunidan 12 mart kuniga qadar Halqaro kriket kengashi (ICC) tomonidan O‘zbekiston kriket federatsiyasida " Level-I" halqaro kriket murabbiyligiga o‘qitish kursining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-kursini oliy toifali instruktor, ICC ning Osiyo mamlakatlarida kriket sport turini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, janob Iqbol Skander (BAA) olib bordi.

Respublikamizning turli hududlaridan yig‘ilgan sport mutaxassislari hamda talabalardan iborat 45 nafar seminar ishtirochilari uch kunlik o‘quv-mashg‘ulotlarni yakunlagach, ICC vakiliga imtihon topshirishdi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar Xalqaro Kriket Kengashining birinchi bosqichli xalqaro  kriket murrabbiysi sertifikatiga ega bo‘lishdi. Muhim jihati, birinchi bosqich xalqaro kriket  murabbiylik sertifikatini  qo‘lga kiritgan trenerlar endi nafaqat mamlakatimizda balki xorijiy davlatlarda ham kriket bo‘yicha trener bo‘lib ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Seminar yakunida ICC vakili Iqbol Skanderga minnatdorchilik sifatida O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kriket federatsiyasi 2022 yildan Xalqaro kriket kengashining (ICC) rasmiy a’zosi hisobalanadi.

gnrd

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!