
Endi ayollar jamoalaridan badal puli olinmaydi
Ayollar futbolini rivojlantirish masalasi 2021 yildan e’tiboran, yangi bosqichga kiradi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev.
"OFK ayollar jamoalarida kamida bir, FIFA esa ikki yosh toifasidagi tayyorlov guruhlari bo‘lishi kerakligi borasida talab qo‘ygan. Shundan kelib chiqib, ayollar futbolida U-16 hamda U-14 yosh toifalarida ham musobaqalar bo‘lib o‘tadi.
O‘FA hamda O‘zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida U-14 musobasini hududiy futbol assotsiatsiyalari yordamida o‘tkazadi. Ayollar jamoalari qoshida esa U-16 jamoalari tashkil etiladi. Bunda:
- mazkur yosh toifasidagi qizlar bilan shartnoma imzolash majburiyati bo‘lmaydi, futbolchilar qizlar kelishuv bitimi asosida qabul qilinadi. Demak, klublar oylik-maoshlar uchun ortiqcha chiqim qilmaydi;
- musobaqa markazlashtirilgan formatda o‘tkaziladi va katta xarajatni talab qilmaydi;
- U-16 yosh toifasida asosan mahalliy qizlar to‘p suradi. Bu esa yashash va ovqatlanish uchun katta xarajat qilishga olib kelmaydi. Pirovardida hududlarda futbolchi bo‘lish istagidagi qizlarning millionlar o‘yiniga kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.
O‘z navbatida, O‘zPFL jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida ayollar jamoalaridan badal puli olish odatiga chek qo‘yadi, ayollar jamoalari badal pullarisiz musobaqalarda ishtirok etadi. Orttirilgan pul U-16 jamoasi xarajatlariga sarf etiladi", - deb yozdi Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida.
Fikrlar