
Emma Radukanu "US Open" chempionligi orqali rekord o‘rnatdi!
18 yoshli Emma Radukanu hal qiluvchi bellashuvda o‘zidan 1 yosh katta Leyla Fernandes ustidan 2 setda g‘alaba qozonib, US Open g‘olibasiga aylandi.
Britaniyalik sportchi kvalifikatsiyadan chiqib "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir chempioniga aylangan ilk tennischiga aylandi. Undan avval na ayollar, na erkaklar o‘rtasidagi bahslarda hech kim hatto finalga qadar etib kela olmagandi.
Shuningdek, Radukani Amerika ochiq chempionatida o‘tkazgan 10 ta o‘yinida raqibalariga birorta geym boy bermadi. Shunga o‘xshash natija 2014 yilda Serena Uilyams tomonidan qayd etilgandi: 32 geym.
Emma "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarda chempion bo‘lish borasida Mariya Sharapovadan keyingi natijani qayd etdi. Rossiyalik afsona 2004 yilda "Uimbldon"ni yutgan paytida 17 yoshda bo‘lgan edi. Radukanu AShQ ochiq chempionatining reytingda kuchli 100 talikka kirmagan ikkinchi g‘olibasi bo‘ldi.
Turnir yakuniga ko‘ra, britaniyalik tennischi jahon tasnif jadvalida 150-o‘rindan 23-pog‘onaga ko‘tarildi. Chempionlik unga 2040 ball taqdim etdi.
Fikrlar