
Emiliano Martines – Jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni!
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines JCh-2022ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Emiliano chorak finalda Niderlandiyaga qarshi bahsda penaltilar seiyasida ikkita zarbani qaytargandi. Frantsiyaga qarshi o‘yinda ham u penaltidan yo‘llangan bitta zarbani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
Qolaversa, ushbu posbon barcha uchrashuvlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi va chempionlikda o‘z hissasini qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina finalda Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar