Elnur Abduraimov ham "Gubernator kubogi"da o‘z jangini o‘tkazdi

  • 21 aprel, 2021, 19:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" turnirida bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uchinchi vakilimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi. Ya’ni, -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov mezbonlar vakili Ilya Popovga qarshi shiddatli jang o‘tkazdi. 

Tecno

Yakunda baribir mezbonlik faktori rol o‘ynadi va hakamlar 3:2 hisobidagi g‘alabani rossiyalik charmqo‘lqop ustasiga taqdim etdi. Bugungi kun dasturidan yana bir vakilimizning jangi o‘rin olgan.

Aniqroq qilib aytganda og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yana bir mezbonlar bokschisi Artyom Fyodorovga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
21/04/2021 21:41
Фанат Қахрамонов деган бокисчи Ўзб. Чемпионатига ҳам тортмайдику нима қилиб юрибди термада. Бухоролик боксчини олиб бориш керак эди.