Eldorning Italiyadagi faoliyatiga doir yangilik!

  • 8 oktabr, 2020, 13:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oktyabrning birinchi kunida “Rostov”dan “Janoa”ga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning A Seriyadagi debyuti 3 oktyabr kuni Genuya shahrida “Torino”ga qarshi uchrashuvda bo‘lishi kutilgandi.

Tecno

Biroq, o‘yindan oldin “Jenoa”da koronavirus tarqalib ketgani va ikki kun ichida jami 17 kishida infektsiya aniqlangani bois o‘yin boshqa muddatga qoldirildi.

Eldorning o‘zi esa, jamoa mashg‘ulotlariga ham qo‘shilmay, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga etib keldi. 

A Seriya tashkilotchilari rasmiy sayt orqali qoldirilgan uchrashuv 4 noyabrda o‘tkazilishini e’lon qildi. Ungacha genuyaliklar 19 oktyabrda “Verona”, 25 oktyabr kuni “Inter” va 1 noyabrda “Sampdoriya” bilan kuch sinashadi.

Avvalroq, Eldor Shomurodov “Jenoa”da o‘ziga noodatiy raqam tanlagani haqida xabar tarqatilgan edi.

Mutaxassis Shomurodovning eng kuchli jihatini aytdi. Bunaqasi Evropada ham qadrlanadi!

"Ishonchimizni oqla, yigit!" Italiyalik fanatlar Shomurodov haqida nima deyapti?

Shomurodov “Jenoa”da hech kim kutmagan raqamda o‘ynaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!