
Eldor Shomurodov yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshladi (foto)
O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Kalyari" jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yakka tartibda mashg‘ulotlarni boshladi.
28 yoshli futbolchi kuni kecha o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga zalda mashq qilayotgan rasmini joyladi.
Ma’lumot uchun, termamiz sardori dekabr oyida ("Napoli"ga qarshi o‘yin oldidan) mashg‘ulotlar chog‘ida oyog‘ining barmoqlaridan birini sindirib olgan edi.
Fikrlar
Ука узингни курсат
Сенга булсин Риал зор