Eldor Sakaev: "Dinamo" 2ta vaziyatdan 2ta gol urdi

  • 5 may, 2019, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan biroz avval Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Dinamo” (2:2) uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Eldor Sakaev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Uyda uch ochko qo‘lga kiritishimiz zarur edi. Biroq, “Dinamo” jamoasini ham kuchsiz deya olmayman. Superligada kuchsiz jamoa yo‘q.

Bugun yaratilgan vaziyatlarning barchasini golga aylantira olmadik. Samarqandliklar esa 2ta imkoniyatdan 2ta gol urishdi. Biz himoyada yanada ishonchliroq o‘ynashimiz lozim edi. Biz esa keraksiz vaziyatlarda xato qildik va gollar o‘tkazib yubordik.

Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimiz biroz ruhiy ta’sir o‘tkazdi. Lekin, hisobda oldinga chiqib olganimizdan so‘ng ham to‘pga egalik qilishimiz va himoyada ishonchli o‘ynashimiz kerak edi. Ammo, buni yaxshi uddalay olmadik”, - deydi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!