
ELda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi (foto)
Evropa ligasi chorak final dastlabki uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
Unda jamoalar kurashlarga boy o‘yinlar guvohi bo‘ldi. Mazkur bellashuvlar yakuniga etganidan so‘ng UEFA rasmiy sayti haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, "Braga"ning "Reynjers"ga qarshi bahsda yagona gol muallifi bo‘lgan Abel Ruis, "Vest Xem" darvozasini ishg‘ol etgan "Lion" vakili Tangi Ndombele ushbu ro‘yxatidan joy olgan.
Shuningdek, "Barselona"ga gol urib, "Ayntraxt"ga durang keltirgan Ansgar Knauff va "Leyptsig"ga qarshi bahsda 5 ta seyv ijro etgan "Atalanta" posboni Xuan Musso ham eng yaxshi degan nom uchun kurashmoqda.
Fikrlar