"El-klassiko"ga 1 hafta muddat qolganda "Barsa"ning 2 asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi

  • 6 yanvar, 2022, 17:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida "Barselona" "Linares" maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Mazkur bahsda kataloniyaliklarning 2 nafar futbolchisi jarohat olib, safdan chiqdi. Yarim himoyachi Frenki de Yong va himoyachi Ronald Arauxo oldindagi o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmaydi.

Niderlandiyalik futbolchi chap oyoq mushaklarini cho‘zib olgan. Arauxo esa, o‘ng qo‘li barmoqlarini sindirib olgan. Urugvaylik himoyachi juma kuni operatsiya qilinadi.

"Ko‘k-anorranglilar" navbatdagi uchrashuvni 8 yanvar kuni "Granada"ga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, 13 yanvar kuni "el-klassiko" kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!