Ekitike "Liverpul" futbolchisi sifatida ilk katta intervyusini berdi

  • 25 iyul, 20:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshli frantsuz hujumchisi Yugo Ekitike rasman "Ayntraxt"dan "Liverpul" safiga o‘tdi. Futbolchi klub bilan olti yillik shartnoma imzoladi va ilk intervyusini berdi.

Tecno

Yugo, tabriklaymiz! Endi sen "Liverpul" futbolchisisan. His-tuyg‘ularing qanday?

"Juda g‘ururlanyapman. Albatta, bu katta klub. Men hayajondaman, o‘zimni go‘yo boladay his qilyapman. Premer-ligada to‘p surishni orzu qilardim. Endi esa "Liverpul" safida o‘ynayman — bu meni uchun beqiyos, ajoyib tuyg‘u. O‘yinlarni sabrsizlik bilan kutyapman, sovrinlar yutishni istayman".

Hugo Ekitike of Liverpool during a pre-season training session at Kai Tak Stadium on July 24, 2025 in Hong Kong, China.

Sen bu yozda jamoaga qo‘shilgan etti futbolchidan birisan. Muxlislar reaktsiyasidan ko‘rinib turibdiki, bu transferlar katta umid bag‘ishlayapti. Yangi jamoadoshlar bilan birga o‘ynashni intiqlik bilan kutyapsanmi?

"Albatta. Bu yozgi transfer oynasi jamoa uchun ajoyib bo‘ldi. Tarkibga ko‘p sifatli futbolchilar qo‘shildi. Menimcha, jamoa yanada kuchayadi, bunga shubham yo‘q. Shuning uchun ham muxlislar xursand".

New Liverpool FC signing Hugo Ekitike at joins the squad on pre-season tour on July 24, 2025 in Hong Kong, China.

Virjil van Deyk yaqinda yangi shartnoma imzolar ekan, shunday degan edi: "Bu har doim "Liverpul" bo‘lgan" Bu so‘zlar senga ham taalluqlimi?

"Ha, men uchun ham to‘g‘ri tanlov aynan "Liverpul" edi. Bu erdagi ish uslubi, odamlar haqida eshitganlarim, atmosfera, muxlislar, stadion va futbolchilarni rivojlantirish tarzi — bularning barchasi meni ishontirdi. Ular allaqachon Premer-liga chempionlari, bu Angliyadagi eng yaxshi jamoa va dunyodagi eng kuchli klublardan biri. Shuning uchun, bu haqiqatdan ham "Liverpul" edi. Murabbiy bilan gaplashganimdan so‘ng buni yanada qat’iy his qildim" — deya ta’rif berib o‘tdi mersesaydliklarning yangi hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!