Edegor: "Ikkinchi taym — qabul qilib bo‘lmas darajada yomon edi"

  • 4 may, 15:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" sardori Martin Edegor APLning 35-turidan o‘rin olgan 'Bornmut"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Londonliklar tarkibida yagona golni 34-daqiqada Edegorning uzatmasidan keyin Deklan Rays kiritgan.

Tecno

"Bu katta hafsalasizlik. Menimcha, biz o‘yinni ancha yaxshi boshladik. Gol urdik va deyarli barchasini nazorat qilyapmiz deb o‘yladik. Ammo raqib gol urganidan keyin nazoratni yo‘qotdik. Shundan so‘ng o‘yinimiz ritmdan chiqib ketdi. Ikkinchi taym — mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan darajada yomon bo‘ldi.

Bu o‘yinni tahlil qilib, oldinga qarash kerak. Oldimizda katta bahs turibdi. Biz barcha musobaqalarda kurashishni istaymiz. Bu erga yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozonish niyatida kelgandik, afsuski, bunday bo‘lmadi" – dedi Edegor.

Endi "kanonirlar" 7 may kuni Parijda PSJga qarshi Chempionlar ligasi yarim finali javob bahsida maydonga tushadi. Birinchi o‘yinda londonliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!