
EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi
EChLda chorak final bosqich uchrashuvlari yakuniga etdi. Unga ko‘ra, "Vilyarreal", "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, UEFA rasmiy sayti 1/4 final javob uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Real" Madrid futbolchisi Luka Modrich ushbu nominatsiyada g‘olib, deb topildi.
U "Chelsi"ga qarshi bahsda 13 kmdan ko‘proq masofani bosib o‘tdi. O‘sha o‘yinda Lukaning 90 foiz uzatmasi aniq chiqqan. Shu bilan bir qatorda, u Rodrigoning goliga shedevr assist amalga oshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich ayni paytda 36 yoshda.
Fikrlar