
EChL 1/8 bosqichiga qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida EChL 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Qur’adan avval pley-off ishtirokchilari ikkita savatchaga ajratilgan: birinchisida guruh g‘oliblari, boshqasida — guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar joylashgan.
Birinchi savatchada PSJ, «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «Liverpul», «Barselona», «Leyptsig» va «Valensiya» o‘rin olgan. Bu jamoalar 1/8 finalda bir-birlariga raqib bo‘lmasliklari aniq.
Ikkinchi savatchada «Real», «Tottenhem», «Atalanta», «Atletiko», «Napoli», «Borussiya D», «Lion» va «Chelsi» bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda o‘tkazishadi.
* Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Shveytsariyaning Non shahrida EChL 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi boshlandi. Ayni paytda guruh bosqich o‘yinlariga bag‘ishlangan rolik namoyish etilmoqda.
* Marosim boshlovchisi ushbu jarayonni ayollar futboli vakili Kelli Smit va final Istanbulda o‘tishini inobatga olib Hamid Oltinto‘pni sahnaga taklif qilindi. U ham marosimni olib boradi.
Juftliklar aniqlanmoqda...
"Borussiya D" - PSJ
"Real" - "Manchester Siti"
"Atalanta" - "Valensiya"
"Atletiko" - "Liverpul"
"Chelsi" - "Bavariya"
"Lion" - "Yuventus"
"Tottenxem" - "Leyptsig"
"Napoli" - "Barselona"
Shuning bilan 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlandi.
Fikrlar