Dzyudochilarimiz Jahon chempionati navbatdagi kunida 3 ta medal qo‘lga kiritdi

  • 27 avgust, 2022, 10:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bosniya va Gertsegovinaning Saraevo shahri mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari ham ortda qoldi.

Tecno

Quvonarlisi, kechagi kun qahramonlari orasida uch nafar dzyudochimiz ham shohsupaga ko‘tarildi. Finalga qadar mag‘lubiyatsiz etib kelgan Alisher Samanov (-81 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi. Xurshida Razzoqberdieva (-63 kg) Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) Jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!