Dzyudochilarimiz Evropa chempionatiga yo‘l oldi

  • 10 aprel, 16:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi "European Cup" turniriga jo‘nab ketdi.

Tecno

Joriy yilning 12-13 aprel kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Evropa ochiq chempionati o‘tkaziladi. 

"Tbilisi Millennium Team Cadet European Cup 2025" turnirida 3 qit’aning 15 davlatidan jami 357 (225 o‘smir, 132 qiz) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi. Ular orasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor. 

Biroz avval ruminiyalik mutaxassis Aurelian-Chiprian Flis boshchiligidagi delegatsiyamiz Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi. 

Gruziyaga yo‘l olgan tarkib:

O‘smirlar

-50 kg: Sardor Yodgorov 
-55 kg: Hushnudbek Burxonov 
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov 
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov 
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov 
+90 kg: Alibek Durdiev 
+90 kg: Kamol Xursanov 

Qizlar

-40 kg: Alina Kolyucheva 
-44 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Nargiza Do‘stmamatova 
-52 kg: Zuhra Alimova 
-57 kg: Maftuna Ahmedova 
-63 kg: Zuhrajon Umarova 
-70 kg: Intizor Uzakbaeva 
+70 kg: Umida Nig‘matova 
+70 kg: Zarina Bobonazarova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!