
Dzyudo. Vakillarimiz Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
O‘zbekiston terma jamoasi Ekvador davlati mezbonligida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi.
Gap shundaki, shu paytgacha yoshlarimiz Jahon chempionatida 4 ta medalga ega chiqmagandi. Ushbu dunyo birinchiligida dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
Kumush medal
-66 kg: Azizbek Ortiqov
Bronza medal
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+100 kg: Islombek Ravshanqulov.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar