
Dzyudo. "Tashkent Cadet and Junior Asian Cup" — o‘smirlarimizdan muvaffaqiyatli start!
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqaning birinchi kuniyoq jami 22 ta medal (5 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) qo‘lga kiritdi.
Poytaxtimizdagi "Alpomish" sport arenasi Osiyo dzyudosinig markaziga aylandi. Tatamida qit’amizning turli davlatlaridan kelgan 300 nafardan ziyod yosh dzyudochilar medallar uchun bahs olib borishdi. Ularning bari yagona maqsad — g‘alaba uchun kelgandi. Raqobat — o‘z chegarasidan allaqachon o‘tib ketgandi. Bu erda tasodifiy g‘alabalar bo‘lmadi. Faqat kuchli tayyorgarlikka ega sportchilargina shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kunning o‘zidayoq 22 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida peshqadamlikni qo‘lga oldi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar