
Dzyudo. Jamoaviy bahslarda Osiyo chempionati bronza medali uchun kurashamiz
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun qit’a chempionatining so‘nggi kuni jamoaviy bellashuvlarda g‘oliblar aniqlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi 1/4 finalda Xitoy Taypeyi dzyudochilariga qarshi bahs olib bordi va 4-1 hisobida g‘alaba qozondi. Murosasiz kechgan ikkinchi juftlikda Yaponiya terma jamoasi musobaqa mezbonlarini qiyinchilik bilan 4-3 hisobida taslim etdi.
Afsuski, 1/2 finalda dzyudochilarimiz Mo‘g‘uliston terma jamoasiga 2-4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Birozdan so‘ng terma jamoamiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun qozog‘istonlik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqadi. Oltin medal taqdiri Yaponiya - Mo‘g‘uliston uchrashuvida hal bo‘ladi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar