
Dzyudo. Jahon chempionatining jamoaviy bahslariga qur’a tashlandi
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bundan biroz avval musobaqaning jamoaviy bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Dunyoning 13 ta kuchli terma jamoasi 4 ta guruhga taqsimlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bosqichda Braziliyaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Ushbu juftlik g‘olibi keyingi davrada Koreya Respublikasi - Avstriya uchrashuvida zafar quchgan terma jamoaga qarshi tatamiga chiqadi.
Qur’aning to‘liq natijalari quyidagicha:
Fikrlar