Dzyudo. Evropa Chempionlar Ligasi yakunlandi
Kecha Serbiya poytaxti Belgrad shahrida klublar o‘rtasidagi Evropa Chempionlar Ligasi turniri bo‘lib o‘tdi.
Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov Frantsiyaning PSJ klubi tarkibida Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. O‘tgan yili ham Parij klubi ushbu turnirda chempion bo‘lgandi. Muzaffarbek To‘raboev, Shahram Ahadov va Shahzodxo‘ja Sharipov Qozog‘istonning "Jenis" klubi safida Evropa Chempionlar Ligasining bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Dzyudochilarimizning bari o‘z g‘alabalari bilan klublarining umumiy muvaffaqiyatiga xissa qo‘shishdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar