Dzyudo. Diyora Keldiyorova - Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi!

  • 4 avgust, 2022, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha navbatdagi qit’a birinchiligi boshlandi. Ushbu kun dasturida uch vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi. -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini, xususan, finalda amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Ai Shishimeni 1 daqiqadayoq mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilovov va -57 kgda kurashgan Nilufar Ermagambetova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

Oltin medal:
-52 kg: Diyora Keldiyorova

Bronza medal:
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-57 kg: Nilufar Ermagambetova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!