
Dzyudo. Bugun Tbilisida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Bugungi musobaqaning ikkinchi kuni o‘rta vazn toifasi vakillari turnir medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi ham bor.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Angsarbek Gaynullin (Qozog‘iston);
-73 kg: Obidxon Nomonov - Manuel Lombardo (Italiya);
-81 kg: Ulug‘bek O‘roqov - Xevorg Manukyan (Ukraina);
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev - Barak Arkabay (Qozog‘iston).
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar