
Dzyuba uchun Evropaning 3 ta klubi kurash olib bormoqda
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi va Rossiya terma jamoasi forvardi Artyom Dzyuba bir qator Evropa klublarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sabah nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchini "Galatasaroy", "Everton" va "Glazgo Reynjers" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 16 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar