
"Drogba juda ko‘p muammo tug‘dirardi"
“Latsio” darvozasini qo‘riqlayotgan Pepe Reyna uzoq yillik faoliyati davomida qaysi hujumchiga qarshi turish unga qiyinchilik tug‘dirganini aytdi.
- Men uchun eng noqulay raqib “Chelsi” hujumchisi Dide Drogba edi. “Liverpul” darvozasini qo‘riqlagan davrimda “Chelsi”ga qarshi o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Drogbaning o‘zi juda ko‘p muammo tug‘dirardi, - dedi Reyna.
38 yoshli ispaniyalik darvozabon 2005-2014 yillar davomida “Liverpul” darvozasini qo‘riqlagan.
Joriy mavsumda Pepe Reyna “Latsio” tarkibida barcha turnirlarda 31 uchrashuvda maydonga tushdi va 41 ta gol o‘tkazib yubordi. Sakkizta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Reynaning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakunlanadi.
Fikrlar