
Dribling “qiroli” Neymar tamom bo‘ldi: 7 ta urinishda ham raqibni aldab o‘tolmadi
“Al-Hilol”dagi faoliyatini yakunlab, o‘zini tarbiyalagan “Santos”ga qaytib borgan Neymarning bu jamoaga ham foydasi tegmayapti.
Neymar “Santos” tarkibida uchta o‘yin o‘tkazdi. Jamoasi ulardan birortasida g‘alaba qozongani yo‘q.
“Santos” safidagi ilk uchrashuvda ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Neymar faqat yiqilishlar bilan esda qoldi. U maydonga tushganidan keyin “Santos” ustunlikni qo‘ldan chiqardi va raqib “Botafogo” hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Neymar “GremioNovorizontino” jamoasiga qarshi bahsda 75 daqiqa o‘ynadi.
Statistika “dahshat”:
Zarba – 1 ta (darvozaga aniq bormadi)
Paslar – 22 ta aniq, 6 ta noaniq
Aldab o‘tishga urinishlar – 7 ta, birortasi o‘xshamadi
Yakkakurashlar – 75 foizida yutqazdi
To‘p yo‘qotishlar – 24 marta.
Neymar o‘ynagan uchinchi o‘yinda “Santos” futbolchilari “Korintians”ga 1:2 hisobida yutqazdi. “Santos” 68-daqiqada Neymar zaxiraga olinganidan keyingina javob golini urishni uddaladi.
Fikrlar