Drakslerni Rossiyaga chorlashmoqda

  • 24 sentabr, 2020, 17:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Yulian Draksler faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nobel Arustamyan xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli germaniyalik futbolchiga "Zenit" va "Krasnodar" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikkala jamoa ham evrokuboklar boshlanishidan avval tarkibni kuchaytirib olmoqchi.

Ayni damda piterliklar Draksler uchun o‘tkazilayotgan muzokaralarda faollik ko‘rsatmoqda.

Yulian Draksler PSJ safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 143 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol hamda 32 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 24 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!