
Dragan Cheran "Paxtakor" safida Superligada 50 o‘yinda 34 gol urdi
"Paxtakor"ning serbiyalik legioneri Dragan Cheran jamoa safida Superligada 50-uchrashuvda maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Mash’al" bilan bellashuv Cheran uchun "sherlar" tarkibida O‘zbekiston chempionatidagi yubiley 50-o‘yinga aylandi. Ushbu bahslarda u 34 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Barcha musobaqalarda esa uning o‘yinlari soni 70taga, kiritgan to‘plari soni esa 45taga etib ulgurdi. Chempionat o‘yinlarida maydonga tushish bo‘yicha u xorijlik futbolchilar orasida Kaxi Maxaradze, Boyan Miladinovich, Gochguli Gochguliev, Uche Ixeruome, Adnan Oraxovats va Darko Markovichdan keyin 7-o‘ringa ko‘tarildi. Xorijlik to‘purarlar orasida u allaqachon peshqadamga aylanib bo‘lgan.
"Mash’al" bilan uchrashuvdan keyin Dragan Cheran PFL tomonidan mart oyining eng yaxshi futbolchisi va eng chiroyli goli muallifiga atalgan sovrinlarni qabul qilib oldi.
Fikrlar