
Dragan Cheran: Bu safar AGMKdan revansh olamiz degan umiddaman
"Paxtakor" safida joriy mavsumda 27 gol muallifi bo‘lgan Dragan Cheran klubi matbuot xizmatiga bo‘lajak finaldan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- To‘g‘risini aytsam, finalda "Paxtakor"ning g‘alabasini kutyapman. O‘tgan yili ham ushbu jamoa bilan to‘qnash kelgandik. Bu safar biz revansh olamiz degan umiddaman. Yigitlar bilan buni uddalashga urinamiz. AGMK safida tajribali futbolchilar bor, ular yaxshi tarkibga ega. Mavsumda barcha ichki musobaqalarda g‘olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turibmiz. Jamoa bilan bunga erisha olamiz deb o‘ylayman, - dedi hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, kubok finali ertaga "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar