Dragan Cheran, Igor Sergeev, Eren Derdiyok, Doston Hamdamov, Jaloliddin Masharipov

  • 24 dekabr, 2020, 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yilgi mavsumda ham o‘tgan yili bo‘lganidek serbiyalik legioner Dragan Cheran "Paxtakor" to‘purariga aylandi.

Tecno

"Paxtakor" ishtirok etgan uch turnirning barchasida Dragan 26 gol muallifi bo‘ldi. Igor Sergeev esa 22 to‘p kiritgan holda bu yil ham ikkinchi to‘purarga aylandi. Shveytsariyalik hujumchi Eren Derdiyok raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol qilishga erishdi. Ushbu futbolchilar har uch musobaqada gol urdi. Doston Hamdamov 11, Jaloliddin Masharipov esa 9 gol bilan jamoa to‘purarlari ro‘yxatida kuchli beshlikka kirdi.

Jami 13 nafar futbolchi 2020 yilgi mavsumda to‘p kiritdi. 100 goldan uchtasini raqib futbolchilari o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygan. 38 o‘yindan 33tasida "Paxtakor" raqib darvozasiga gol urishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!