
Donnarumma eng zo‘ri bo‘lmoqchi
PSJ va Italiya terma jamaosi darvozaboni Janluiji Donnarumma yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi.
"Ta’riflab bo‘lmaydigan his-to‘yg‘ular". Ushbu sovrinni qo‘lga kiritganim bilan faxrlanaman. Men hali juda yoshman. Eng zo‘ri bo‘lish uchun ko‘p mehnat qilishim kerak.
Italiya terma jamoasi mening bir qismim. PSJda ham bor kuchimni beraman. Klub bunga loyiq. Uning o‘ziga yarasha tarixi bor. Biz har bir o‘yinda qattiq mehnat qilishimiz va kurashishimiz kerak. Umid qilamanki, imkor qadar ko‘proq sovrin yutamiz", - dedi italiyalik posbon.
Fikrlar