
Doniyor Abdumannopov chindan ham legionerga aylandimi? "Navbahor" klubi rasmiy ma’lumot berdi
Bugun saytimizda xorij nashrining manbasiga tayanib "Navbahor" klubi futbolchisi Doniyor Abdumannopov legionerga aylangani borasida xabar chop etildi.
Jumladan, futbolchi Belarusning "Energetik-BGU" safiga qaytgani yozilgandi. Ammo "Navbahor" klubi matbuot kotibi Ulug‘bek Umarov bu ma’lumotni inkor etdi.
Klub rasmiysining bildirishicha, futbolchi ayni paytda klub bilan birga va u "lochinlar"ning xorij yig‘inida ishtirok etmoqda. Qolaversa, Doniyor "Navbahor" bilan shartnomasi bir yilga uzaytirgan.
Fikrlar