
Diyor Imomxo‘jaev: Unga erta-indin Turkiya, Ukraina yoki shunga o‘xshash boshqa Evropa mamlakatidan taklif kelsa, yanada yaxshi ish bo‘ladi
Ukrainada tashkil etilgan Valeriy Lobanovskiy xalqaro turnirida O‘zbekiston U-21 terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qisqa muddatli musobaqada Jasur Jaloliddinov ikki o‘yinda ham gol urib, to‘purarga aylandi.
Ushbu voqelikdan so‘ng, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ushbu gollar orqali Jasur yana o‘zini ko‘rsata boshlaganidan xursandligini bildirdi.
- Lobanovskiy xotira turnirida O‘zbekiston U-21 termasi avval Ozarbayjon (1:0), keyin Ukraina (2:0) ustidan zafar quchdi. Qanday masshtabda bo‘lmasin, Evropa termalarini engish juda yoqimli.
Har ikki o‘yinda ham gol urib, turnir to‘purari bo‘lgan Jasur Jaloliddinov uchun xursandman. U oson bo‘lmagan 1 yilni engib o‘tdi va yana o‘zini ko‘rsatishni boshladi. Erta-indin Turkiya, Ukraina yoki shunga o‘xshash boshqa Evropa mamlakatidan taklif kelsa, yanada yaxshi ish bo‘ladi. Faqat bu safar hammasi uning qadriga etiladigan darajada bo‘lishi kerak. O‘tgan 1 yil uni nisbatan ulg‘aytirdi, balki yaxshilikkadir, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar