
Diyor Imomxo‘jaev: "Superliga uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisini endi Sport TV sharhlovchilari aniqlaydi"
Superligada uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisini endi komissarlar aniqlab bermaydi. Bu haqda O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Coca-Cola Superliga uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisini tanaffusdan keyin Sport-TV sharhlovchilari aniqlab beradi. Pro-liga uchrashuvlarining Futbol TV tomonidan translyatsiya qilinadigan uchrashuvlarida ham shu asosda ishlanadi.
Translyatsiyasi mavjud bo‘lmagan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda hududiy futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti yordamga keladi. Bu ish bilan endilikda komissar shug‘ullanmaydi.
Uchrashuv inspektori esa chalg‘imasdan o‘z hakamlarini kuzatadi, baholaydi, o‘rgatadi", - dedi O‘zPFL bosh direktori.
Fikrlar