Diyor Imomxo‘jaev: "Navbahor" kelasi mavsum tom ma’noda xalqaro maydon uchun kurashda asosiy figuraga aylanishi mumkin

  • 30 avgust, 2021, 17:07
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 16-turning oxirgi o‘yinida "Navbahor" Qarshida "Nasaf"ni 1:0 hisobida taslim etdi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida "lochinlar"ning oxirgi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlariga e’tibor qaratdi.

- "Navbahor" klubining avgust oyida namoyish etgan o‘yinlaridan kelib chiqib sub’ektiv fikrimni aytaman: klub o‘yinida mazmun va tartib paydo bo‘ldi. Jamoa hatto mag‘lub bo‘lgani "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda ham yaxshi o‘ynadi.

Agar "Navbahor" shu tempda davom etsa, Kanchelskis masalasini ijobiy hal qilsa va bahorga qadar transfer siyosatini oqilona olib borsa, kelasi mavsum tom ma’noda xalqaro maydon uchun kurashda asosiy figuraga aylanishi mumkin, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
31/08/2021 10:00
Навбаҳор Бабаян келгандан кийин кучайди.Буни тан олайлик.Шу билан бирга мен бабаянчи эмасман.