Diyor Imomxo‘jaev: Kuperning fikrlari to‘g‘ri edi... Katanets muhim o‘yinga 1 kun qolganida yangi himoya o‘ylab topmaydi

  • 6 sentabr, 2021, 09:56
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida terma jamoamizning avvalgi va hozirgi xorijlik murabbiylari haqida fikr bildirdi.

- Termani Kuper qabul qilib olganida umid paydo bo‘lgandi. Eslaysiz, Kuper asosiy muammo himoyamizda ekanini bilgan, ishni uni sozlashdan boshlagan. Chunki asosiy raqiblar: Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, Avstraliya, Saudiya va hokazo. Ularga qarshi hujumkor o‘ynash qiyin, ular himoyadagi yarimta xatoni bitta golga aylantirishni eplaydi.

Shvetsiyaga qarshi bugungi uchrashuvni ko‘rib, o‘sha umid qayta uyg‘ondi. Futbolchilarimiz Evropa maydonida yo‘qolib qolishmadi. Ko‘rindiki, Kuperning fikrlari to‘g‘ri edi, himoyani sozlash kerak. Katanetsda buning uchun vaqt bemalol bo‘ladi.

Katanets muhim o‘yinga 1 kun qolganida yangi himoya o‘ylab topmaydi. U vingerni o‘rtaga, o‘rtani himoyaga tiqib qo‘yadigan avantyurist emas. Agentlik bilan shug‘ullanmaydi va shundan kelib chiqib, hammaga teng munosabatda bo‘ladi. FIFA kunlarini hurmat qiladi. Klublarni o‘ziga tobe deb bilmaydi, ular bilan hamkorlikni muhim sanaydi. Futbolchilarga talabni qat’iy qo‘yadi va o‘z xatolarini ularning e’tiqodidan izlamaydi. Shuning uchun ham qandaydir Iroq termasi bilan Toshkentda bemalol o‘ynagan.

Murabbiy, o‘rtoqlik o‘yini va yig‘in masalasida so‘nggi ikki yilda birinchi marta yaxshi jihatlar ko‘rdik. Mana shu tempni ushlab qolish shart. Va, albatta, unutmaylikki, hammasi Katanetsning o‘zigagina bog‘liq emas. Biz futboldagi ichki muammolarimizni tartibga solishimiz kerak. Buning uchun avval ularning borligini tan olishimiz, keyin eski xatolarni takrorlamaydigan qarorlar qabul qilishimiz muhim, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sabirov Adham
07/09/2021 21:02
Burovni yamonlash oson lekin oqlash qiyin
&
Турсун Ғани
07/09/2021 00:04
Диёрнинг фикирлари тўғри. Катанец ҳимоядан бошлаб, жамоамизни тузатиши керак. Унга Фифа кунларида кучли рақиблар топиб бериш энг тўғри йўл. Унга имкон ва вақт бериш, ёрдам бериш зарур. Шунда натижа келаверади ўзи.