Diyor Imomxo‘jaev: Futbolchilarni ro‘za tutishda ayblaydigan shumqadamlarga otashin salomlarimiz bo‘lsin

  • 7 aprel, 2022, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanalida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan "Real" hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirdi. Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik futbolchi bundan avvalroq Ramazon uning uchun muhim ahamiyatga ega ekani va ro‘za tutish uning o‘yiniga aslo ta’sir qilmasligi haqida gapirib o‘tgan edi.

Tecno

"Karim Ramazon oyida Londonda Chelsi darvozasiga 3 ta gol urdi. Futbolchilarni ro‘za tutishda ayblaydigan shumqadamlarga otashin salomlarimiz bo‘lsin", - deb yozdi Imomxo‘jaev.

Taniqli mutaxassis Vadim Abramov Sports.uz ga bergan intervyusida futbolchilarning namoz o‘qishi va ro‘za tutishi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi:

- Namoz haqida gapirgan gapimni matndan yulib olishgan. Menga "Odamlarning namoz o‘qishiga munosabatingiz qanday?", deb savol berishgan edi. Men dindan uzoqligim va buni muhokama qila olmasligimni aytganman. Allohga, dinga ishonadigan odam, samimiy va pok bo‘lishi kerak. Agar odam haqiqatdan ham pokdil bo‘lsa va namoz o‘qish uchun masjidga borsa, bu yaxshi. Masala boshqa narsada edi: "Faoliyatda bo‘lgan futbolchining namoz o‘qishi va kunning ma’lum vaqtida suv ichmay, ovqat emay yurishiga qarshilik ko‘rsatmaysizmi?", - degan savol bo‘lgan. O‘zingiz nima deb o‘ylaysiz, men shifokor emasman, lekin biz Saudiya Arabistoni yoki Toshkentda jaziramada o‘ynayotgan bo‘lsak, kun bo‘yi suv ichmasdan futbol o‘ynashga chiqib bo‘ladimi? O‘ylashimcha, agar siz futbol o‘ynab, suv ichmasangiz nogiron bo‘lib qolishingiz mumkin. Bundan ham battari, siz futbol maydonida jon berishingiz mumkin. Chunki tibbiyot nuqtai nazaridan suv bo‘lmaganda qon quyuqlashadi, inson organizmi esa asosan suvdan tashkil topadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ibragim Turaev
07/04/2022 11:50
Iloji bo‘lsa terma jamoaga namozxon, Allohning dinida Uning buyruqlariga labbay deb javob beradigan, Payg‘ambar alayhissalomni sevadigan, pok o‘yinchilarni tanlasak InshaAlloh shu ramazoni sharifdagi duoyimiz ijobati biz jahon chempionatiga chiqamiz, Osiyo chempioni bo‘lamiz. Masharipov, Iskandarov, Yaxshiboyev, Abduxoliqov, Norchayev.... yaxshi o‘yinchilarimiz borku
Ibragim Turaev
07/04/2022 11:46
Bu abramovning savsatasi. Ey gunohkor banda dindan uzoqman degan bilan musulmonsanku. Alloh buyuruvchi va biz uning buyurganini bajaruvchimiz. Usha tibbiyotda ham odam bir necha kun suvsiz yurishi mumkun deyilgan, ovqatlanmasdan ham yashay oladi. Ramazonda esa 16-17 soat ro‘za tutamiz xalos. I ro‘zaning foydasi esa bu tibbiyotning tan bergan davolash usuli sifatida ham qaraladi. Yil bo‘yi yegan narsalaringdan qolgan zararlar yo‘q bo‘lib, inson organizmi yangilanadi va InshaAlloh Benzemaga o‘xshab gol uradigan futbolchilar bizda ham bo‘ladi.