
Diyor Imomxo‘jaev: Jamoalar o‘z haq-huquqlarini shunday himoya qilishlari kerak
O‘zPFL sport direktori Diyor Imomxo‘jaev "So‘g‘diyona" hamda "Paxtakor" uchrashuvida sodir bo‘lgan voqealarga to‘xtalib o‘tdi. Shuninglek, "sherlar"ni media hamda yuridik yo‘nalishlarda qolgan jamoalardan ustunligini ta’kidlab o‘tdi.
"Paxtakor" "So‘g‘diyona" bilan o‘yin uchun e’tirozini reglamentda ko‘rsatilgani bo‘yicha kiritdi. Bunda asosan 2 ta masala ko‘tarilgan: Odil Hamrobekovga ko‘rsatilgan qizil kartochka hamda hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar masalasi.
Albatta jamoalar o‘z haq-huquqlarini shunday himoya qilishlari kerak. Bu hakamlarni tiyib turishning legal ko‘rinishi. Media yo‘nalishi haqida yuqorida fikr bildirdim, yuridik yo‘nalishda ham Paxtakor qolgan klublardan ustunroq. Bu erda yosh va kuchli 2 ta yurist faoliyat olib boradi. Qolgan klublarga ham shundaylar juda kerak.
Endi Hakamlar markazi yuqoridagi holatlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirishi kerak bo‘ladi", - dedi O‘zPFL direktori.
Fikrlar